
Samsung kompaniyasi 2026-yilgi yangi flagman smartfonlari – Galaxy S26 va Galaxy S26 Plus’ni taqdim etdi. Nemis manbasi WinFuture telefonlarning barcha asosiy xususiyatlarini e’lon qildi.
Texnik xususiyatlar
Ikkala model ham Exynos 2600 chip bilan jihozlangan. Ularning CPU arxitekturasi bitta 3,9 GHz superyadro, uchta 3,25 GHz yadro va oltita 2,75 GHz energiya tejovchi yadroni o‘z ichiga oladi. Bazaviy versiyada endi 12 GB RAM va 256 GB ichki xotira mavjud bo‘ladi.
Ekran va o‘lchamlar
Galaxy S26 6,3 dyuymli ekran bilan, 2340 x 1080 piksel o‘lchamga ega bo‘lsa, Galaxy S26 Plus 6,7 dyuymli ekran va 3120 x 1440 piksel o‘lcham bilan ta’minlangan. Ikkala model ham Dynamic AMOLED 2X ekran, 120 Hz yangilanish chastotasi va Gorilla Glass Armor 2 shisha bilan ishlaydi.
Telefonlarning o‘lchamlari va vazni shunday: Galaxy S26 – 149,6 x 71,7 x 7,2 mm, 167 gramm; Galaxy S26 Plus – 158,4 x 75,8 x 7,3 mm, 190 gramm.
Batareya va zaryadlash
Galaxy S26 4300 mAh batareya va 25 vattli simli zaryad bilan ta’minlangan. Galaxy S26 Plus esa 4900 mAh batareya va 45 vattli zaryad imkoniyatiga ega.
Kameralar
Ikkala modelda ham kamera tizimi bir xil: asosiy kamera uch moduldan iborat – 50 MP asosiy + keng burchak, telefoto modul 3x optik zum va 10 MP sensor, ultra keng burchak modul 12 MP sensor bilan. Old kamera 12 MP, F/2,2 diafragma bilan ishlaydi.
Narx va taqdimot
Galaxy S26 narxi 1000 yevrodan, Galaxy S26 Plus narxi esa 1270 yevrodan boshlanadi. Rasmiy taqdimot 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy F70e 5G smartfoni rasman taqdim etilgan edi.