
Toyota Highlander 2027 modelini to‘liq elektrli variantda taqdim etdi. Yangi model kompaniyaning eng mashhur oilaviy avtomobillaridan biri hisoblanadi, deya yozmoqda Motor1.

Texnik xususiyatlari
| Model | Drayv turi | Batareya | Quvvat | Masofa |
|---|---|---|---|---|
| XLE FWD | Old g‘ildirakli | 77 kVt/soat | 221 ot kuchi | 462 km |
| XLE AWD | To‘liq drayv | 77 kVt/soat | 338 ot kuchi | 435 km |
| XLE AWD* | To‘liq drayv | 95,8 kVt/soat | 338 ot kuchi | 515 km |
| Limited | To‘liq drayv | 77 kVt/soat | 338 ot kuchi | 435 km |
| Limited* | To‘liq drayv | 95,8 | 338 ot kuchi | 515 km |
Zaryadlash va V2L imkoniyati
Barcha versiyalar NACS standarti bo‘yicha zaryad porti bilan jihozlangan va V2L texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu orqali avtomobil batareyasidan tashqi elektr qurilmalarni quvvatlash mumkin bo‘ladi.

Dizayn va interyer
Highlander EV’ning tashqi ko‘rinishi Toyota bZ’ning yangi dizayniga moslab ishlangan. Ichki qismida 12,3 dyuymli raqamli asboblar paneli va 14 dyuymli multimedia ekran mavjud. Avtomobil Shimoliy Amerikadagi Toyota modellari orasida eng katta panoramik tomga ega. Uch qavatli o‘rindiqlarda zaryad portlari mavjud bo‘lib, ichki yoritish 64 xil rang bilan sozlanadi. Orqa o‘rindiqlarni buklaganda yuk hajmi 1274 litrga yetadi.
Xavfsizlik tizimlari
Bazaviy modelda Toyota Safety Sense 4.0 xavfsizlik tizimi mavjud. Bu tizim avtomobilni xavfsiz boshqarishga yordam beradi. Shuningdek, tizim adaptiv kruiz-kontrol, piyodalar bilan to‘qnashuvdan himoya, chiziq ichida harakatni kuzatish va ko‘rish cheklangan zonalarni monitoring qilish kabi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish va narx
Highlander EV 2027 ishlab chiqarilishi 2026-yil oxirida boshlanadi. Rasmiy narxlar hali e’lon qilinmagan, lekin boshlang‘ich narxi taxminan $48 ming bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangilangan Toyota RAV4 Yevropada savdoga chiqarilgan edi.





