
Endilikda texnikumda xalqaro dasturlarni joriy etgan xodimlar 100 foizlik ustama oladi. Bu haqda hukumat qarori asosida nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagi toifadagi xodimlarga tatbiq etiladi:
- o‘qituvchilar;
- ishlab chiqarish ta’limi ustalari;
- texnikum direktori;
- bosh buxgalter;
- xalqaro ta’lim dasturini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari.
Hujjatga ko‘ra, mazkur xodimlarga har oy ish haqining 100 foizi miqdorida ustama Davlat budjeti hisobidan to‘lanadi. Ushbu ustama yillik xarajatlar smetasini shakllantirish jarayonida tarif stavkasiga qo‘shimcha ravishda inobatga olinadi.
Shuningdek, xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini rag‘batlantirish masalasini ko‘rib chiqish uchun texnikumlarda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhlar tuziladi. Ishchi guruh qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan, yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi asosida qabul qilinadi hamda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yildan ayrim pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab berilishi haqida yozgandi.