
General Motors 10-fevral kuni Meksika bozorida 2026-yilgi Chevrolet Onix sedanini rasman taqdim etdi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda. Yangi model kichik dizayn va jihoz yangilanishlari bilan arzonroq narxda taklif qilinmoqda.
2026-yilgi Onix Meksikada brendning eng arzon sedani bo‘ldi. Model keskin raqobat sharoitida pozitsiyasini saqlab qolish uchun qayta joylashtirildi. Avtomobil narxining tushirilishi ham shunga xizmat qiladi.

GM Meksika vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Onix har bir kilometrda o‘z uslubini namoyon etadi. Kompaniya, shuningdek, tejamkorlikka yo‘naltirilgan boshlang‘ich versiyalar ham taklif qilinayotganini bildirdi.
Yangi Onix besh xil variantda sotuvga chiqdi. LS, LT va Premier komplektatsiyalari mavjud. Eng yuqori talqin Premier Redline qora detallari va qizil aksentlari bilan ajralib turadi.

Texnik jihatdan, boshlang‘ich versiyalar 1,3 litrli atmosferali uch silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Uning quvvati 101 ot kuchini tashkil etadi. Bu variantlar faqat 5 pog‘onali mexanik uzatma bilan taklif etiladi. Yuqori komplektatsiyalar 1,0 litrli turbo dvigatelga ega. U 116 ot kuchi ishlab chiqaradi va 6 pog‘onali avtomatik uzatma bilan taqdim etiladi.
2026-yilgi Onix Meksikaga Xitoydan import qilinadi. Shu sabab model Braziliyada yangilangan old dizayn va interyerni olmadi. Mamlakatda u eng ommabop Aveo‘dan pastroq segmentda joylashgan.

Narxlar $16,2 mingdan boshlanadi. Eng qimmat Premier Redline talqini esa $21,9 mingga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Onix avtomobilining yangilangan versiyasi namoyish etilgani haqida yozgan edi.