13-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
13-fevral soat 20:00 gacha amal qiladi

13-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 10-12° iliq | 5-7° iliq | Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, kechasi va ertalab tuman |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 0-5° iliq, Ustyurtda 10-12° sovuq | 2-7° sovuq | Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 10-15° iliq, cho‘l hududlarda 5-10° iliq | 0-5° iliq, cho‘l hududlarda 0-5° sovuq | Yomg‘ir, ba’zi joylarda tuman |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 10-15° iliq | 3-8° iliq | Yomg‘ir (ba’zi joylarda kuchli), tuman |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 13-18° iliq | 5-10° iliq | Yomg‘ir (ba’zi joylarda kuchli), tuman |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 7-12° iliq | 2-7° iliq | Yomg‘ir (ba’zi joylarda kuchli), tuman |
| Respublikaning tog‘li hududlari | 0-5° iliq | 0-5° sovuq | Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yoki qor, ba’zi joylarda kuchli, qor ko‘chishi va sel xavfi, tuman |