Yangiliklar

2026/2027-o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihoni fanlari tasdiqlandi

OTM
Mazkur ro‘yxat har bir ta’lim yo‘nalishi kesimida imtihon fanlari majmuasini qamrab oladi
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish testlari sanasi belgilandi
Foto: Oliygoh

Oliy ta’lim vazirligi 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos kirish imtihon fanlari ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, abituriyentlar 227 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha qaysi fanlardan test sinovi topshirishi yoki qaysi yo‘nalishlarda kasbiy-ijodiy imtihondan o‘tishi kerakligi aniq belgilab berildi. Mazkur ro‘yxat har bir ta’lim yo‘nalishi kesimida imtihon fanlari majmuasini qamrab oladi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ta’lim yo‘nalishlari nomi o‘zgargan taqdirda yoki yangi yo‘nalishlar tashkil etilganda ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Abituriyentlar tasdiqlangan to‘liq ro‘yxat bilan Oliy ta’lim vazirligining rasmiy manbalari orqali tanishishlari mumkin.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda OTMlarning milliy reytingi yangi tartibda yuritilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.