2026-yilgi U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi

12-fevral 2026 10:02 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

12-fevral kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha 2026-yilgi U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.

Qur’a jarayonida ishtirokchi jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni, shuningdek, Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan. Qolgan uchta savatchada Osiyoning yana 12 ta terma jamoasi, jumladan, Tojikiston, Avstraliya va Hindiston kabi davlatlar vakillari taqsimlangan.

Foto: Youtube

Mazkur qit’a birinchiligi Qatarda o‘tkaziladigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, qit’aning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi sanasi va joyi ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek