Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi oqibatida ikki kishi jarohatlandi — video

eʼlon qilindi
Uy hovlisida turgan bir nechta avtomashinalarga ziyon yetgani aytilmoqda
Foto: Videodan olindi

11-fevral kuni soat 23:55 da Andijon shahri Nodirabegim mahallasida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binolaridan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda xabar 112 tizimi orqali viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlar

Ma’lumotga ko‘ra, viloyat FVB rahbariyati va qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqmagan, qo‘shni xonadonlarga zarar yetmagan. Biroq uy hovlisida turgan bir nechta avtomashinalarga ziyon yetgani aytilmoqda.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash natijasida ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yuqori qavatda yashovchi aholi xavfsizlik nuqtayi nazaridan evakuatsiya qilingan.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Tun davomida qutqaruv va maxsus xizmatlar tomonidan binoda xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillar bartaraf etilgan.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, chaqnashga xonadonda gaz-havo aralashmasining to‘planishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aniq sabablar ekspertiza yakuniga ko‘ra ma’lum qilinadi. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Angrenda ko‘p qavatli uydagi yong‘inda bir kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek