Gadjetlar

Honor X6d — arzon narxda yangi smartfon taqdim etildi

Narxi $140 atrofida
Honor X6d — arzon narxda yangi smartfon taqdim etildi / Foto: TechneLabs

Honor kompaniyasi arzon narxdagi X6d smartfonini bozorga chiqardi. U ilgari chiqqan Play 60A modeliga juda o‘xshash, ammo ayrim farqlar mavjud.

Yangi telefon BAA bozorida $140 narxda paydo bo‘ldi. Bu pulga foydalanuvchi boshlang‘ich darajadagi imkoniyatlarga ega qurilmaga ega bo‘ladi. Narxiga yarasha, model akkumulyatori unchalik katta emas.

Telefon 5260 mA/soat batareyaga ega. Uning ishlashini Dimensity 6300 protsessori ta’minlaydi, xotirasi esa 4/256 GB. Shuningdek, 50 megapikselli kamera, 6,75 dyuymli 720p ekran, Wi-Fi 5 va Android 15 tizimi mavjud. Biroq, qurilmada NFC funksiyasi mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Magic 8 RSR Porsche Design qanday ko‘rinishga egaligi haqida yozgan edik.