
Germaniyaning eng yirik aviakompaniyasi Lufthansa’da pilot va styuardessalar ish tashlash e’lon qildi. Oqibatda, taxminan 800 reys bekor qilindi, 100 mingdan ortiq yo‘lovchi jabr ko‘rdi.
ADV aeroportlar assotsiatsiyasiga ko‘ra, yana 460 dan ortiq reys bekor qilinishi va 70 ming yo‘lovchi jabrlanishi kutilmoqda. Frankfurt va Myunxendagi uchish-qo‘nish jadvalida ko‘plab reyslar bekor qilinganini ko‘rsatmoqda.
Ish tashlash pilotlar kasaba uyushmasi va styuardessalar uyushmasi tomonidan tashkil etildi. Pilotlar va kompaniya o‘rtasida pensiya masalalarida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Lufthansa moliyaviy jihatdan talablarni bajarishga imkon yo‘qligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Etihad Airways dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi deb topilgani haqida xabar bergan edik.