«Manchester Siti» «Fulxem»ni yirik hisobida mag‘lub etdi

12-fevral 2026 10:48 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Instagram / Abduqodir Husanov

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Manchester Siti» klubi o‘z maydonida «Fulxem»ni qabul qilib, yirik hisobda zafar quchdi. Abduqodir Husanov zahiradan o‘yinga qo‘shildi.

Barcha gollar uchrashuvning birinchi bo‘limida kiritildi. Antuan Semenyo 24-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 30-daqiqada Niko Orayli jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 39-daqiqada Erling Holand o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Манчестер Сити VS Фулхэм - Обзор

Ushbu uchrashuvdagi aniq zarba Holand uchun «Manchester Siti» tarkibidagi 153-gol bo‘ldi. Natijada hujumchi klub afsonasi Kolin Bell bilan tenglashib, tarixiy to‘purarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Foto: mancity.com

«Birinchi bo‘lim yuqori saviyada o‘tdi. Yigitlar yaxshi ishlarni amalga oshira olishini ko‘rsatdi», — dedi jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola.

Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Niko Oraylining ta’kidlashicha, jamoaning asosiy maqsadi har bir o‘yinda uch ochko olish va «Arsenal»ga bosim o‘tkazishdir.

Foto: Instagram / Abduqodir Husanov

«Liverpul»ga qarshi uchrashuvda jarohat sabab almashtirilgan Abduqodir Husanov 60-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Sofascore portali himoyachining o‘yinini 6,9 ballga baholadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» «Liverpul» ustidan irodali g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek