Mercedes-Benz 2025-yilda sof foydasini deyarli ikki baravar qisqartirdi

12-fevral 2026 18:30 eʼlon qilindi

Asadbek Komilov

Asadbek Komilov

Foto: Mercedes-Benz

Germaniyaning Mercedes-Benz Group AG avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2025-yilda sof foydasini deyarli ikki baravar kamaytirdi. Bu haqda The Economic Times xabar berdi.

Shuningdek, kompaniya daromadi 9,2 foizga qisqardi. Hisobotga ko‘ra, sof foyda 5,331 mlrd yevroni tashkil etdi. 2024-yilda bu ko‘rsatkich 10,409 mlrd yevro bo‘lgan edi. Yillik tushum esa 132,2 mlrd yevroga tushdi. 2024-yilda daromad 145,6 mlrd yevro edi.

Soliq va foiz to‘lovlaridan oldingi foyda (EBIT) 13,6 mlrd yevrodan 5,82 mlrd yevroga pasaydi. Bu ko‘rsatkich ikki baravardan ko‘proq kamaygan.

Mercedes-Benz Cars bo‘linmasi, ya’ni yengil avtomobillar segmenti daromadi chorak yakunida 10,5 foizga kamayib, 96,4 mlrd yevroni tashkil etdi. Mercedes-Benz Vans, ya’ni kichik yuk avtomobillari yo‘nalishida daromad 11,2 foizga qisqarib, 17,15 mlrd yevroga teng bo‘ldi.

Foto: Mercedes-Benz

2025-yil yakuni bo‘yicha yengil avtomobillar savdosi 9,2 foizga kamaydi va 1,8 mln donani tashkil etdi. Kompaniya har bir aksiya uchun 3,5 yevro miqdorida dividend to‘lashni rejalashtirmoqda. 2024-yil yakunlariga ko‘ra dividend 4,3 yevro bo‘lgan edi.

Noyabr oyida Mercedes 2 mlrd yevrogacha bo‘lgan aksiyalarni qayta sotib olish dasturini ishga tushirgan edi. 2025-yil oxiriga kelib dastur doirasida 1,7 mlrd yevroga yaqin mablag‘ hali ishlatilmagan. Bu summa joriy yilda aksiyalarni qayta sotib olish uchun yo‘naltirilishi mumkin.

Avtompaniyaning prognoziga ko‘ra, 2026-yilda tushum o‘tgan yil darajasida bo‘lishi kutilmoqda. EBIT esa sezilarli darajada yuqori bo‘lishi rejalashtirilgan. O‘rta muddatli istiqbolda yengil avtomobillar savdosi yiliga 2 mln dona atrofida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» Mercedes-Benz S-Class Chevrolet uslubidagi pikapga aylantirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek