
Ohangaron – Angren – Pop yo‘nalishi bo‘yicha alohida maxsus poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
Mazkur poyezd 11 ta vagondan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 800 nafargacha yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega. Yangi qatnov hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishga xizmat qiladi.
Chiptalarni temir yo‘l kassalaridan sotib olish bilan birga, elektron tarzda ham xarid qilish mumkin. Buning uchun eticket.railway.uz sayti orqali buyurtma berish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pekin – Toshkent yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgandi.