OpenAI ChatGPT’ning Deep Research funksiyasini yangiladi — video

OpenAI kompaniyasi ChatGPT’dagi Deep Research funksiyasini eng yangi GPT-5.2 modeliga o‘tkazdi. Endilikda neyrotarmoq nafaqat umumiy qidiruv tizimlaridan, balki uchinchi tomon ilovalari va alohida saytlardan ham ma’lumot to‘plash imkoniyatiga ega.
Yangilangan funksiyasi xuddi sun’iy intellekt agentlari kabi foydalanuvchi so‘rovi asosida ko‘p bosqichli veb-qidiruvni mustaqil ravishda amalga oshira oladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilarga qidiruv jarayonini istalgan vaqtda to‘xtatish va qidiruv shartlarini o‘zgartirish imkoniyati taqdim etildi.
Topilgan natijalar endilikda to‘liq ekranli hisobot shaklida ko‘rsatiladi. Foydalanuvchilar tayyor bo‘lgan hisobotlarni ixtiyoriga ko‘ra DOCX yoki PDF formatlarida saqlab olishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda Deep Research’ning takomillashtirilgan versiyasidan faqatgina Plus va Pro ta’riflari obunachilari foydalanishi mumkin. Kompaniya ushbu funksiyani kelgusida Go hamda Free ta’riflariga ham bepul qo‘shishni rejalashtirganini bildirgan, ammo aniq sana hozircha ochiqlanmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ChatGPT’ning ayrim tarif rejalarida reklamalar paydo bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.