Qozog‘istonda 2 yashar bolaning qornidan 31 ta magnit chiqdi — foto

eʼlon qilindi
Oqibatda unda peritonit aniqlangan
Foto: Olmaota hokimiyati matbuot xizmati

Qozog‘istonning Olmaota shahrida shifokorlar birdaniga 31 ta magnit yutgan kichik bolani saqlab qoldi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan xabar berdi.

Bolaning yoshi atigi 1 yil 9 oy. U shifoxonaga olib borilganida magnitlar allaqachon ichakka tushib, jiddiy zarar yetkazgani aniqlangan. Bolaning ichagida bir nechta shikastlanish va teshilishlar topilgan.

Jarrohlar zudlik bilan operatsiya o‘tkazgan. Ular barcha magnitlarni olib tashlagan, shikastlangan joylarni tikkan va yallig‘lanishni to‘xtatish hamda asoratlarning oldini olish uchun qorin bo‘shlig‘ini tozalagan.

Foto: Olmaota hokimiyati matbuot xizmati

Shifokorlarning ta’kidlashicha, magnitlar bola yutishi mumkin bo‘lgan eng xavfli buyumlardan biridir. Tana ichida ular ichak devorlari orqali bir-biriga tortilishi mumkin. Natijada to‘qimalar siqilib, nobud bo‘la boshlaydi. Bu esa hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir yallig‘lanish – peritonitni keltirib chiqarishi mumkin.

Mutaxassislar ota-onalarni hushyor bo‘lishga chaqirdi. Magnitli o‘yinchoqlar va mayda detallarni kichik bolalardan yiroqda saqlashni tavsiya etdi.

Avvalroq «Kursiv» Samarqand viloyatida 29 yoshli erkakning qorin bo‘shlig‘idan 200 gramm mix va samorez olib tashlangani haqida yozgandi.

Shuningdek