Yangiliklar

Rossiyada WhatsApp butunlay blokladi

Uning o‘rniga MAX messejeri targ‘ib qilinmoqda
Rossiyada WhatsApp butunlay blokladi / Foto: Sun’iy intellekt

Rossiyada eng mashhur messenjer WhatsApp butunlay bloklandi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bu qaror Meta kompaniyasi Rossiya qonunlariga rioya qilmaganligi sabab qabul qilingan.

Roskomnadzor avgust oyidan beri WhatsApp va boshqa messenjerlarni cheklashni boshlagan, dekabr oyida esa ilovani asta-sekin bloklash choralarini kuchaytirgan. Sudlar WhatsApp’ni taqiqlangan kontentni o‘chirmagani uchun jarimaga tortgan va kompaniyaga Rossiyada mahalliy vakolatxona ochish zarurligi aytilgan.

Foydalanuvchilar endilikda WhatsApp’dan faqat VPN orqali foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, MAX davlat xizmatlarini jamlab, fuqarolarning kundalik hayotini soddalashtirishga mo‘ljallangan milliy messenjer sifatida targ‘ib qilinmoqda. Tanqidchilar uni kuzatuv vositasi deb hisoblaydi, ammo rasmiylar buni rad etmoqda.

So‘nggi kunlarda Rossiyada Telegram messenjeridan foydalanishda jiddiy uzilishlar kuzatilayotgan edi. Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiya hukumati fuqarolarni davlat nazoratidagi, kuzatuv va siyosiy senzura uchun mo‘ljallangan muqobil ilovaga o‘tkazishga urinayotganini, shu sababli Telegram’ga kirish cheklanayotganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada YouTube platformasini to‘liq bloklash boshlangan edi.