
Samsung Galaxy S25 Ultra smartfoniga One UI 8.5 yangilanishi bilan yangi funksiya qo‘shildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, endi qurilmada Partial Screen Recording, ya’ni ekranning faqat kerakli qismini yozib olish imkoniyati mavjud.
Bu rejimning asosiy qulayligi shundaki, tizim videoni o‘zi aniqlaydi va aynan o‘sha hududni avtomatik ravishda belgilab beradi. Foydalanuvchiga yozib olinadigan maydonni qo‘lda tanlash, chegaralarni tortish yoki sozlash shart emas.

Yozishni boshlash tugmasini bosish kifoya. Smartfon o‘zi optimal hududni tanlaydi. Bu ayniqsa ilovalar, striming servislar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi videolarni yozib olishda juda qulay.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq One UI 8.5 foydalanuvchi interfeysining to‘rtinchi beta-versiyasi yangilanish hajmi taxminan 1,5 GB ni tashkil etishi haqida ma’lumot berilgandi.
To‘rtinchi beta-versiyada asosiy e’tibor tizim barqarorligi va telefon funksiyalarining to‘g‘ri ishlashiga qaratilgan. Jumladan, qo‘ng‘iroqlar vaqtida ovozning o‘z-o‘zidan karnay (gromkaya svyaz) rejimiga o‘tib ketishi muammosi bartaraf etildi. Shuningdek, qo‘ng‘iroqlar tarixi bilan bog‘liq xatolar va Bluetooth garnitura orqali suhbatlashganda bir tomonlama eshitilish muammolari tuzatildi.