Gadjetlar

Vivo X300 Max smartfoni katta batareya bilan taqdim etiladi

Vivo X300 Max smartfoni katta batareya bilan taqdim etiladi / Foto: GSMArena

Vivo kompaniyasi X300 seriyasini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya X300 Ultra’dan tashqari X300 Max modelini ham taqdim etadi, deya yozmoqda GSMArena.

X300 Max 6,8 dyuymlik, 1.5K aniqlikdagi displey va ultratovushli barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi. Displey X300 Pro modelidagi ekran bilan bir xil bo‘lishi kutilmoqda.

Smartfon Dimensity 9500 platformasida ishlaydi va 90 Vt quvvatdagi tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyator sig‘imi 7000 mA/soatdan yuqori, 8000 mA/soatdan past bo‘lishi aytilmoqda. Bu X300 Pro’dagi 6510 mA/soatlik batareyadan kattaroqdir.

Kamera tizimi ham o‘zgaradi. Agar X300 Pro’da asosiy kamera 50 MP va telefoto kamera 200 MP bo‘lsa, X300 Max’da buning aksi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo X300 Ultra flagmani texnik xususiyatlari ma’lum qilingan edi.