Avto

Volga brendi ostidagi yangi avtomobillar qayerda ishlab chiqariladi

Rossiyadagi sobiq Toyota va Volkswagen zavodlarida
Volga brendi ostidagi yangi avtomobillar qayerda ishlab chiqariladi
Rasm Grok SI

Rossiyadagi sobiq Volkswagen zavodida yangi Volga avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. TASS nashriga ko‘ra, ishlab chiqarishni 2026-yilda yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nijniy Novgorod viloyatidagi sobiq Volkswagen zavodida Volga brendi ostida avtomobillar ishlab chiqariladi. Bu yerda bir sedan va ikki krossover modeli yig‘ilishi rejalashtirilgan.

Sankt-Peterburgdagi sobiq Toyota zavodida esa Aurus Senat avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin. «Za rulyom» jurnali bosh muharriri Maksim Kadakovning aytishicha, bu yerda 99% ehtimol bilan Senat modeli chiqariladi. Unga ko‘ra, mazkur avtomobillar Toyota Camry va Mercedes E-class kabi modellar o‘rnini bosishi kutilmoqda.

Rossiya sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov ham har ikki zavodda ishlab chiqarishni 2026-yilda boshlash rejalashtirilganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SSSR davridagi noyob «Volga» Chevrolet Tahoe narxida sotuvga qo‘yilgandi. Manbaga ko‘ra, bunday avtomobillar rasmiy ravishda seriyali hisoblangan bo‘lsa-da, amalda ularning soni juda kam bo‘lgan.