
2025-yil bo‘yicha World Justice Project’ga ko‘ra, O‘zbekiston jamoat xavfsizligi reytingida 143 ta mamlakat orasida 17-o‘rinni egalladi. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori natija hisoblanadi.
Reytingda Qozog‘iston 42-o‘rinni, Qirg‘iziston esa 61-o‘rinni egalladi. Turkmaniston va Tojikiston ushbu reytingga kiritilmagan.
Dunyo reytingida yetakchi o‘rinlarni Lyuksemburg, Singapur va Irlandiya egallagan. Eng past jamoat xavfsizligi darajasi Afg‘oniston (141-o‘rin), Nigeriya (142-o‘rin) va Pokiston (143-o‘rin)da qayd etilgan.
World Justice Project – bu dunyo mamlakatlarida qonun ustuvorligini baholaydigan xalqaro mustaqil tashkilot. U har yili aholi va ekspertlarning so‘rovlariga asoslangan Rule of Law Index indeksini e’lon qiladi.
Reyting xavfsizlik, qonun ustuvorligi, inson huquqlari himoyasi va davlat institutlari samaradorligini baholaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topilgan edi.