Yangiliklar

Yangiyo‘ldagi dalada o‘q uzgan xorijlikdan qurol olib qo‘yildi — video

Videodagi kishilardan biri xitoy tilida gapirgan
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida xorijlik fuqarolar quroldan foydalangani aks etgan videolar tarqalgandi. Holat bo‘yicha viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20-yanvar kuni fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan, ruxsatnomasi mavjud ov qurolini tanishiga foydalanish uchun bergan. Qurolni qo‘llash jarayonida biror inson yoki hayvonlarga zarar yetmagan.

Quroldan o‘q uzish jarayoni tasvirga olinib, bu video Xitoydagi WeChat ijtimoiy tarmog‘iga joylangan. Postda video Yangiyo‘l shahrida olingani keltirilgan. Unda erkak ochiq hududda turib, nishon sifatida qo‘yilgan yelim idishlarga o‘q uzayotgani aks etgan. IIBB bergan ma’lumotda quroldan o‘q uzgan shaxsning qayerdan ekani aytilmagan. Ammo uning harakatlarini videoga olib turgan shaxs ham xitoy tilida gapirgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/02/4.mp4
Video: WeChat

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 220-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, ov quroli va o‘q-dorilari belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi. Olib borilayotgan tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanib, qo‘shimcha axborot beriladi.

Avvalroq «Kursiv» Buxoroda noqonuniy ov sabab hayvonot dunyosiga 48 mln so‘m zarar yetkazilgandi.