Yangiliklar

Dollar yangi haftani pasayish bilan boshlaydi: 16-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

13-fevral uchun dollar 11,73 so‘mga tushib, 12 275,58 so‘mni tashkil etgandi
Курс обмена валют: какие банки работают на выходных 17-18 января
Foto: engin akyurt / Unsplash

16-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

8-fevral kuni dollarning qiymati 13,71 so‘mga oshib, 12 279,48 so‘mga yetdi. Dollar o‘sishda davom etib, 9-fevral kuni 12 303,16 so‘mni (+23,68 so‘m) tashkil qildi. 10-fevral kuni esa 17,18 so‘mga oshib, 12 320,34 so‘mga yetgandi. 11-fevral kuni dollar 10,35 so‘mga tushib, 12 309,99 so‘mni, 12-ferval kuni esa 22,68 so‘mga tushib, 12 287,31 so‘mni tashkil etdi. 13-fevral uchun dollar 11,73 so‘mga tushib, 12 275,58 so‘mga yetgandi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 96,68 so‘mga tushib, 14 495,30 so‘mni, rubl 0,71 so‘mga pasayib, 158,38 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.