2026-yilda qancha investitsiya jalb qilinadi

eʼlon qilindi
Xomashyo va energiya resurslaridan samarali foydalanish vazifa etib belgilandi
2026-yilda qancha investitsiya jalb qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

2026-yilda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb etish rejalashtirilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi. Xomashyo va energiya resurslaridan samarali foydalanish, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish hamda mehnat unumdorligini oshirish asosiy vazifa etib belgilandi.

Ayrim rahbarlar investitsiya hisobidan eksportni ko‘paytirish o‘rniga ichki bozor to‘lgan mahsulotlarni taklif qilayotgani qayd etildi. Masalan, Uchqo‘rg‘on tumanida $40 mlnlik ikkita ip-kalava zavodi qurish taklif etilgan. Holbuki, Namanganda yiliga 110 ming tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan 24 ta korxona bor. Bu viloyatda yetishtiriladigan paxta tolasidan 1,5 barobar ko‘p hajmni tashkil etadi.

Ohangaron tumanida 35 ming tonna bazalt plitalari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Biroq respublika bo‘yicha 12 ta shunday korxona mavjud. Bozor topilmagani sabab 6 tasi faoliyatini to‘xtatgan, yana bittasi sotuvga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri mahalliy korxonalar uchun xomashyo importi bojlari to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek