AQSh Eronga 6 mingta Starlink terminalini yetkazib berdi

eʼlon qilindi
Qurilmalar internet blokadasini aylanib o‘tishga yordam berdi
Foto: depositphotos.com

AQSh hukumati yanvar oyida Eronda internet uzib qo‘yilgandan so‘ng mamlakatga 6 mingga yaqin Starlink terminalini yashirincha kiritdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Eron hukumati keng ko‘lamli aksilhukumat namoyishlariga javoban butun mamlakat bo‘ylab internetni o‘chirib qo‘ygan edi. Inson huquqlari faollari agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari tomonidan namoyishchilarni bostirish oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 ming kishiga yetgan.

Foto: Times now

Eron hukumati esa 21-yanvar holatiga ko‘ra 3,1 ming kishi vafot etganini rasman ma’lum qilgan. Eron prezidenti Masud Pezeshkiyan Islom inqilobining 47 yilligiga bag‘ishlangan marosimda hukumatning kamchiliklari uchun uzr so‘radi.

«Afsuski, 8 va 9-yanvar kunlari sodir bo‘lgan voqealar mamlakatimiz uchun katta qayg‘u keltirdi. Biz xalq oldida uyalamiz», — dedi u.

AQSh Davlat departamenti Ilon Maskka tegishli Starlink kompaniyasidan jami 7 mingga yaqin terminal sotib olgan. Rasmiy Tehron tomonidan o‘rnatilgan to‘siqlarni chetlab o‘tish imkonini beruvchi ushbu qurilmalar mamlakatga Iroq Kurdistoni orqali kontrabnaligandachilar yordamida olib kirilgani aytilmoqda.

Eronda Starlink terminaliga egalik qilish noqonuniy hisoblanadi va ikki yillik qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin. Xatarlarga qaramay, foydalanuvchilar har bir qurilma uchun qora bozorda taxminan $2 ming to‘lashmoqda. Ba’zi hududlarda bitta aloqa nuqtasidan 40 taga yaqin xonadon foydalanayotgani kuzatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti Tojikistonda ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek