Cobalt pasaymoqda, Tracker o‘sdi: avtosanoat qanday

13-fevral 2026 10:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Cobalt pasaymoqda: Tracker o‘sdi: avtosanoat qanday
Foto: Chevrolet Cobalt / Fototahrir: Kursiv Uzbekistan

2026-yining ilk oyida Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish hajmi 5,4 ming donani tashkil etdi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ ma’lum qildi. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 9,2 ming (-3,8 ming) dona bo‘lgan.

Damas 3,4 ming dona bilan deyarli pozitsiyasini saqlab qoldi. Uning kamayishi atigi 321 dona bo‘ldi.

Tracker esa 4,1 ming dona bilan keskin o‘sdi va ikkinchi o‘ringa chiqdi. Onix 3,6 ming dona bilan uchinchi pog‘onani egalladi. Sonet 2,1 dona, Labo ham 1,3 dona ishlab chiqarildi.

Grafik: O‘zavtosanoat

Brendlar kesimida

2025-yilda Chevrolet 17,1 ming dona natija ko‘rsatgan. 2026-yilda esa savdo 18,1 ming donaga yetdi. Cobalt kamaygan bo‘lsa ham, boshqa Chevrolet modellari hisobiga umumiy hajm oshgan.

Kia 2 mingtadan 2,5 mingtaga ko‘tarildi. BYD 1,6 donadan 2,1 donaga yetdi. Chery va Haval ham o‘sish qayd etdi. Hyundai esa biroz kamayish ko‘rsatdi.

Grafik: O‘zavtosanoat

UzAuto Motors 2025-yilda 12,5 ming dona avtomobil sotgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 13,3 ming donaga chiqdi. ADM Jizzakh’da esa 3,1 ming donadan 3,7 donaga oshdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan Onix sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek