Dollar hafta davomida qanchaga tushdi

So‘nggi kunlarda AQSh valyutasi turlicha dinamiklarni ko‘rsatmoqda. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishi haqida so‘z boradi.
9-fevral kuni dollar 23,68 so‘mga qimmatlab, 12 303,16 so‘mga yetgan. 10-fevral kuni ham kurs ko‘tarilib, yana 17,18 so‘m qo‘shilgan va 12 320,34 so‘mni tashkil qilgan.
11-fevraldan boshlab pasayish boshlandi. O‘sha kuni dollar 10,35 so‘mga tushib, 12 309,99 so‘m bo‘lgan. 12-fevral kuni pasayish davom etib, 22,68 so‘mga arzonlagan va 12 287,31 so‘m darajasiga tushgan.

13-fevral kuni yana 11,73 so‘mlik pasayish qayd etilib, kurs 12 275,58 so‘mni tashkil etgan. Rasmiy kurs 16-fevral kuni 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mga yetadi.
Dollar umumiy hisobda 82,18 so‘mga kamaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kurdsiv Uzbekistan nashri 16-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.