Yangiliklar

Honor Magic8 Pro’ni kameraga aylantiruvchi yangi aksessuar namoyish etildi

Yangi qurilma smartfonga optik linzalar va filtrlarni o‘rnatish imkonini beradi
Foto: huaweicentral.com

Honor kompaniyasi va Telesin brendi hamkorlikda Magic8 Pro flagmanini ixcham raqamli kameraga aylantiruvchi maxsus aksessuarni e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi g‘ilof dizayni ikki asosiy elementdan iborat. Unda DSLR kameralar uslubidagi, maxsus suratga olish tugmasiga ega bo‘lgan tutqich mavjud. U smartfonning orqa kamerasiga o‘rnatiladigan almashtiriluvchi obyektivlar va yorug‘lik filtrlari uchun mahkamlagichga ega.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yangilik 67 mm o‘lchamdagi neytral, qutblovchi va tuman filtrlari bilan to‘liq mos keladi. Bundan tashqari, smartfonni Telesin’ning 200 mmli teleobyektivi bilan birga ishlatish imkoniyati mavjud. Aksessuarning sotuvga chiqish sanasi va narxi bo‘yicha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone 17 Pro uchun qo‘shimcha ekranli g‘ilof taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.