
Apple kompaniyasining kutilayotgan yangiligi — iPhone 17e haqida batafsil ma’lumotlar ochiqlandi. Ushbu qurilma kompaniyaning hozirgi mahsulotlari qatoridagi eng arzon model bo‘lishi kutilmoqda.
Asosiy xususiyatlar va narxi
Smartfonning rasmiy taqdimoti 19-fevral kuni bo‘’lib o‘tishi, boshlang‘ich narxi esa $600 atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Hamyonbop model bo‘lishiga qaramay, u ancha kuchli texnik ko‘rsatkichlarga ega:
- Protsessor: Flagman darajasidagi Apple A19 (SoC).
- Xotira: 8 GB tezkor xotira.
- Ekran: 6,1 dyuymli displey, 60 Gts yangilanish chastotasi bilan.
- Kamera: 48 Mp asosiy va 18 Mp old kamera.
- Akkumulyator: 4000 mAch sig‘im va yuqori energiya tejamkorligi.
- Ranglar: An’anaviy qora va oq ranglardan tashqari, yangi lavanda (binafsharang) rangi ham sotuvga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 17 Pro Max’ni eslatuvchi Infinix 60 Pro smartfoni taqdim etilgan edi.




