Gadjetlar

iPhone 17e smartfonining sifatlari suratlari namoyish etildi

Narxi $600 atrofida
iPhone 17e smartfonining sifatlari suratlari namoyish etildi / Foto: Jon Prosser

Apple kompaniyasining kutilayotgan yangiligi — iPhone 17e haqida batafsil ma’lumotlar ochiqlandi. Ushbu qurilma kompaniyaning hozirgi mahsulotlari qatoridagi eng arzon model bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Jon Prosser
Foto: Jon Prosser

Asosiy xususiyatlar va narxi

Smartfonning rasmiy taqdimoti 19-fevral kuni bo‘’lib o‘tishi, boshlang‘ich narxi esa $600 atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Foto: Jon Prosser
Foto: Jon Prosser
Foto: Jon Prosser

Hamyonbop model bo‘lishiga qaramay, u ancha kuchli texnik ko‘rsatkichlarga ega:

  • Protsessor: Flagman darajasidagi Apple A19 (SoC).
  • Xotira: 8 GB tezkor xotira.
  • Ekran: 6,1 dyuymli displey, 60 Gts yangilanish chastotasi bilan.
  • Kamera: 48 Mp asosiy va 18 Mp old kamera.
  • Akkumulyator: 4000 mAch sig‘im va yuqori energiya tejamkorligi.
  • Ranglar: An’anaviy qora va oq ranglardan tashqari, yangi lavanda (binafsharang) rangi ham sotuvga chiqadi.
Foto: Jon Prosser

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 17 Pro Max’ni eslatuvchi Infinix 60 Pro smartfoni taqdim etilgan edi.