Avto

Kia Sportage 2026 avtomobili qanday narxda sotiladi: tafsilot

Kapoti ostida 1,6 litrli 180 ot kuchiga ega benzin dvigateli o‘rnatilgan
Kia Sportage 2026 qanday narxda sotiladi
Foto: Car and driver

Rossiyada yangi Kia Sportage 2026 sotuvi boshlandi. Bu haqda carsweek nashri ma’lum qildi. Bozorda takliflar kam bo‘lib, avtomobillar asosan parallel import orqali olib kirilgan.

Yangi beshinchi avlod yangilangan krossover Chelyabinskdagi dilerda mavjud. Sotuvchi avtomobilni 5,49 mln rubl ($59 ming)ga baholagan. Bu to‘liq yuritmaga ega Prestige komplektatsiyasidir.

Foto: carsweek

Kapoti ostida 1,6 litrli 180 ot kuchiga ega benzin dvigateli o‘rnatilgan. Uzatmalar qutisi avtomatik. Model LED optika, haydovchi charchoqligini aniqlash tizimi, yon oynalar, old o‘rindiqlar va rul isitilishi bilan jihozlangan.

Salonida raqamli asboblar paneli bor. Shuningdek, parktronik, bir zonali iqlim nazorati va adaptiv kruiz nazorati taqdim etiladi. 17 dyuymli disklar va eko-teri qoplamasi ham mavjud.

Foto: carsweek

Omsk shahridagi boshqa e’londa esa 2026-yilgi, ammo restylingdan oldingi beshinchi avlod Kia Sportage taklif etilgan. Narxi 3 449 000 rubl ($37 ming).

Bu versiya 2 litrli 150 ot kuchiga ega benzin dvigateli bilan jihozlangan. U ham avtomatik uzatma va to‘liq yuritma bilan ishlaydi.

Mazkur krossover BAA orqali keltirilgan. Avtomobil Slovakiyada yig‘ilgan. Sotuvchi bir yil kafolat berishini bildirgan.

Foto: carsweek

Oldin Rossiyada ko‘proq Xitoy va Qozog‘iston yig‘ilishidagi Kia Sportage uchrardi. Slovakiya versiyasi tashqi dizayni bilan ajraladi.

Radiator panjarasi boshqacha. Old va orqa bamper qayta ishlangan. Ayrim elementlar Yevropa bozori talablariga moslashtirilgan.

Yangi Kia modellarining Rossiya bozoriga qaytishi hali ommaviy tus olgani yo‘q. Takliflar soni cheklangan. Narxlar yuqori bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, dilerlar boshqa modellarni ham olib kelmoqda. Masalan, Kia Sonet 1,75 mln rubl ($19 ming)dan taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kia EV6 egasi besh yil ichida 530 ming km’dan ortiq masofa bosib o‘tgani haqida yozgan edi.