Markaziy Osiyoda qaysi davlat iqtisodiyoti kuchli

eʼlon qilindi
Eng katta pastlash Tojikistonda kuzatilgan
Foto: Asia-Plus

Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIM bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichda qolmoqda.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan yili aholi jon boshiga YIM $3,7 mingni tashkil qildi. Bu bilan mamlakat mintaqa mamlakatlari orasida 3-o‘rinda qayd etilgan. Yuqori o‘rinda Qozog‘iston bo‘lib, respublikada YIM $14,7 mingga teng. Ikkinchi o‘rinda esa Turkmaniston keltirilgan ($10,8 ming). Qirg‘iziston va Tojikiston esa mos ravishda $2,8 ming va $1,6 ming bilan oxirgi pog‘onalarni band qilgan.

Mintaqadagi mamlakatlarning milliy statistika idoralariga ko‘ra (Turkmanistonniki XVJ ma’lumotlari asosida tuzilgan), Qozog‘istonning yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda birinchi marta $300 milliarddan oshdi. Keyingi o‘rinda O‘zbekiston bor, uning nominal yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yili $152,5 milliardni tashkil etgan.

Keyingi o‘rinda Turkmaniston nominal yalpi ichki mahsuloti $72,1 milliard bilan turibdi.

So‘nggi o‘rinlarni Qirg‘iziston ($22,6 milliard) va Tojikiston ($19 milliard) katta farq bilan egallab turibdi. Bundan tashqari, o‘tgan yil davomida ushbu ikki mamlakatda eng yuqori real YIM o‘sishi qayd etildi — Qirg‘izistonda 11,1 foiz va Tojikistonda 8,4 foiz.

O‘zbekistonda 2025-yilda real iqtisodiy o‘sish 7,7 foiz, Qozog‘istonda 6,5 foiz va Turkmanistonda 2,3 foizni tashkil etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, Tojikiston iqtisodiyoti 2023-yilgacha mintaqada ikkinchi o‘rinni egallagan, ammo so‘nggi uch yil ichida u Qirg‘iziston iqtisodiyotidan orqada qoldi va bu farq har yili kengayib bormoqda.

Avvalroq «Kursiv» Qozog‘iston iqtisodiyoti kuchli 50 ta davlat qatoriga kirgani haqida yozgandi.

Shuningdek