Yangiliklar

Ehtiyotkor prognoz: 2026-yilda YIM hajmini 167 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Kelgusi yilda iqtisodiy o‘sish 6,6 foizga yetishi prognoz qilinmoqda
Вид на Ташкент
Foto: yemelyanov/Depositphotos

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2026-yil uchun 6,6 foizli iqtisodiy o‘sish va yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, iqtisodiyotga energiya tejamkor texnologiyalar va yuqori qo‘shilgan qiymatli loyihalar joriy etilishi hisobiga energiya xarajatlari 15 foizga qisqardi.

Foto: Prezident matbuot kotibi

Prezident ushbu rejani mavjud iqtisodiy tebranishlarni inobatga olgan holda shakllantirilgan prognoz deb baholadi. Davlat rahbari prognoz qilingan ko‘rsatkichlar joriy murakkab global sharoitdan kelib chiqqan holda belgilanganini ta’kidladi.

«Biz 2026-yilda 6,6 foizli iqtisodiy o‘sish qilib, yalpi ichki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkazishni prognoz qilgan edik. Bu geosiyosiy vaziyat va iqtisodiy tebranishlar hisobga olib qilingan ehtiyotkor prognoz», — dedi prezident.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilda O‘zbekiston eksporti 40 mlrd dollarga yetishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.