Yangiliklar

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi

Yakshanba kuni respublika bo‘ylab iliq ob-havo kutilmoqda
7-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi
14-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Sun’iy intellekt

13–15-fevral kunlari O‘zbekistonda havo harorati sezilarli darajada ko‘tarilishi va yakshanba kuni 22 darajagacha iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xizmati xabar bermoqda.

14-fevral, shanba kuni yog‘ingarchilik sharqqa siljiydi va kechasi hamda ertalab markaziy va sharqiy viloyatlarda yomg‘ir saqlanib qoladi. Dam olish kunlarining qolgan qismida respublika bo‘ylab quruq ob-havo o‘rnatilishi kutilmoqda.

Havo harorati bosqichma-bosqich ko‘tarilib yakshanba kuni 17–22 darajagacha yetadi. Kechasi harorat 5–10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shamol tezligi 7–12 m/s oralig‘ida esadi va ayrim hududlarga tuman tushishi mumkin.

Shanba kunidan boshlab poytaxtda yog‘ingarchilik to‘xtaydi va yakshanba kuni havo 20 darajagacha isiydi. Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi hamda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 13-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida xabar bergan edi.