
Ohangarondagi $30 mlnlik «Premier» zavodida $87 milllionlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqariladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Loyiha BAAning Fajr Al Mustaqbal General Trading kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan. Qurilish ishlari 95 foizga bajarilgan. Hozirga qadar $11,3 mln investitsiya o‘zlashtirilgan.
Korxona ishga tushgach 250 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Yiliga $4 mlnlik eksport amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mahsulotlar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi va Afg‘onistonga yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ohangarondagi mis zavodiga $14,9 million investitsiya kiritilgani haqida yozgan edi.