
AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi avtomobillardagi «start-stop» tizimini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Motor1 nashri ma’lum qildi.
Yangi qarorga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar endi davlatdan bonus ballar olmaydi. Avval bu ballar «start-stop» tizimini o‘rnatganlik uchun berilgan va ishlab chiqaruvchilarga federal standartlarga moslashishda yordam bergan edi. Ammo agentlik mazkur tizim ekologiyaga sezilarli hissa qo‘shmaydi va ko‘plab haydovchilarga noqulaylik yaratadi, deb topdi.
Agentlik rahbari Li Zeldinning ta’kidlashicha, ilgari qo‘yilgan cheklovlar 16 yil davomida iste’molchilarning tanlovini toraytirgan va amerikaliklarga yashirin xarajatlarni keltirgan. Shu sababli, avtomobil ishlab chiqaruvchilar tez orada «start-stop» tizimidan voz kechadi yoki uni faqat xohlovchi mijozlar tanlashi mumkin bo‘lgan opsiyaga aylantiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtomobil ehtiyot qismlarini qachon almashtirish kerakligi haqida batafsil yozgan edik.