
Dam olish kunlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida bir qator banklar valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini ishga tushiradi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Quyida banklar ro‘yxati keltirilgan:
- Agro bank
- Apex bank
- Milliy bank
- Tenge bank
- Hamkor bank
- Anor bank
- Garant bank
- Hayot bank
- Asaka bank
- Universal bank
- SQB
- Trust bank
- Orient Finance bank
- Ipoteka bank
- Saderat bank
- Infin bank
- Asia Alliance bank
- Kapital bank
Shu bilan birga, mijozlar kunning istalgan vaqtida «24/7» rejimida ishlovchi valyuta ayirboshlash bankomatlari yoki banklarning mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar hafta davomida qanchaga tushgani haqida yozgan edik.