Yangiliklar

Ilon Mask X platformasida X Money moliyaviy xizmatini taqdim etdi

Xizmat kriptovalyutaga tayangan bo‘lishi mumkin
Ilon Mask X platformasida X Money moliyaviy xizmatini taqdim etdi / Foto: Inc Magazine

Ilon Mask X platformasida yangi moliyaviy xizmat – X Money’ni ishga tushirdi. Mazkur xizmat X foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoq ichida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.

X Money hozirda kompaniya ichida yopiq beta-test rejimida ishlamoqda. Ilon Maskning bayonotiga ko‘ra, kelasi bir-ikki oy ichida cheklangan tashqi beta-test boshlanadi, so‘ngra xizmat global tarzda barcha X foydalanuvchilari uchun ishga tushiriladi. U xizmatni «barcha pul mablag‘lari saqlanadigan, moliyaviy tranzaksiyalarning markaziy manbai» sifatida ta’rifladi.

X Money foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoq ichida to‘lovlar amalga oshirish, pul yuborish va boshqa moliyaviy operatsiyalarni bajarish imkonini beradi. Ba’zi taxminlarga ko‘ra, xizmat kriptovalyutaga tayangan bo‘lishi mumkin, ammo Ilon Mask bu borada hozircha izoh bermagan.

X Money xizmatiga AQShning 40 dan ortiq shtatlarida zarur litsenziyalar berildi. Shuningdek, kompaniya o‘tgan yili Visa kabi yirik to‘lov kompaniyalari bilan strategik hamkorliklarni ham o‘rnatgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask xAI asoschilari va xodimlarining ommaviy ketishi bo‘yicha izoh bergan edi.