JAC RF8 miniveni va T9 pikapini ekstremal sovuqda sinovdan o‘tkazdi

14-fevral 2026 18:01 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
JAC RF8 miniveni va T9 pikapini ekstremal sovuqda sinovdan o‘tkazdi / Foto: JAC

Xitoyning JAC brendi Yakutiyada RF8 miniveni va T9 pikapini qishgi sharoitlarda sinovdan o‘tkazdi. Sinovlar mashinalarning moslashuvchanligini tekshirish maqsadida –43 °C gacha bo‘lgan haroratda o‘tkazildi.

Foto: JAC

Sinov natijalariga ko‘ra, har ikkala modelning dvigateli past haroratlarda barqaror ishladi va loyiha talablariga to‘liq javob berdi. Kompaniya sovuqda ishga tushirish 100 foiz muvaffaqiyatli bo‘lganini, mashina qancha vaqt muzda turganidan qat’iy nazar ishlaganini ma’lum qildi.

Shuningdek, muhandislar bo‘sh ishlash holatida ham dvigatel barqarorligini qayd etdi: yuksiz holatda aylanish tezligi ±30 aylanma/min, konditsioner yoqilganda ±50 aylanma/min dan oshmagan. Bu ko‘rsatkichlar RF8 va T9 modellarining eng qattiq iqlim sharoitlarida ham ishlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Foto: JAC

JAC kompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari Viktor Nashchanskiy ma’lum qilishicha, brendning strategik maqsadi miniven va pikap segmentlarida yetakchilikni saqlashdir. Shu sababli, mahsulotni sifatli, ishonchli va qiyin sharoitlarda ishlashga moslashgan holda ishlab chiqarish uchun mahalliy sharoitlarda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Cadillac Escalade sovuq havoda tormoz tizimi muammosining aniqlash usullari va yechimlar haqida yozgan edik.

Shuningdek