Lifestyle

Munajjimlar bashorati: 14-fevral qanday o‘tadi

Quyida burjlar bo‘yicha 14-fevral uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz
Munajjimlar bashorati: 14-fevral qanday o‘tadi
Rasm: depositphotos

Bugun xotirjamlikni saqlash hammaga ham oson bo‘lavermaydi. Hatto optimist bo‘lish ham hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. O‘zingizning hissiy holatingizni kuzatib borishga harakat qiling, xursand bo‘lish uchun sabablar izlang, yaqinlaringizni yoqimli hayratda qoldirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Oilaviy, do‘stona va ishqiy munosabatlarda yaxshi tomonga o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Quyida burjlar bo‘yicha 14-fevral uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.

Qo‘y (21.03 – 20.04)

Xotirjamlikni saqlasangiz, ko‘p narsa yaxshi bo‘ladi. Bugun burjning barcha vakillari ham his-tuyg‘ularni, ayniqsa salbiy his-tuyg‘ularni osonlikcha boshqara olmaydi. Istaklaringiz tufayli yaqinlaringiz aziyat chekmasligiga e’tibor bering, ayniqsa, siz uchun qadrli bo‘lganlarga nisbatan sabrli bo‘lishga harakat qiling. Oilaviy va do‘stona munosabatlarning qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan aynan sizga bog‘liq. Sevimli insoningiz sizni qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi, lekin nima uchun qayg‘urayotganingizni va nima uchun tashvishlanayotganingizni darhol tushuna olmaydi.

Buzoq (21.04 – 20.05)

Bu yomon kun emas, ammo uning qanday o‘tishi ko‘p jihatdan sizning kayfiyatingiz va sodir bo‘layotgan voqealarga munosabatingizga bog‘liq. Ba’zilar barcha voqealarni eng qorong‘u tarzda ko‘rib, faqat qiyinchiliklarni kutishga moyil bo‘ladi. Bu xavfli kayfiyat: u tufayli siz ba’zi yoqimli voqealarga e’tibor bermasligingiz, yaxshi tomonga o‘zgarishlarni sezmasligingiz mumkin. O‘zi ham optimistik kayfiyatda bo‘lgan va siz bilan o‘z ijobiy energiyasini baham ko‘rishga tayyor bo‘lganlar bilan ko‘proq muloqot qilishga harakat qiling.

Egizaklar (21.05 – 21.06)

Hamma narsaga birdaniga erishishni xohlaysan, lekin buning uddasidan chiqish dargumon. Shuni yodda tutingki, hamma narsani birdaniga uddalashga urinishdan ko‘ra, bugun izchil harakat qilish ancha samaraliroq bo‘ladi.

Moliya haqida gap ketganda, e’tiborliroq bo‘lish muhim. Bu, birinchi navbatda, boshqalarning pullari bilan shug‘ullanadigan, masalan, oilaviy budjetni boshqaradiganlarga tegishli. Bunday burj vakillari, ayniqsa kunning ikkinchi yarmida, yengil qarorlarning har qanday ko‘rinishlaridan saqlanishi muhim.

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Kun ko‘plab foydali ishlar uchun mos keladi. Diqqatingizni jamlay olasiz va arzimas narsalarga chalg‘ishni xohlamaysiz. Shuning uchun siz boshqalar uddalay olmagan ko‘plab vazifalarni yaxshi uddalaysiz. Qandaydir ajoyib g‘oyalar paydo bo‘lishi va ularni iloji boricha tezroq hayotga tatbiq etish istagi tug‘ilishi ehtimoldan xoli emas. Sizning eng dadil tashabbuslaringizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan odamlar kerak bo‘ladi. Ular orasida uzoq yillik tanishlar ham, yaqinda birinchi marta uchrashganlar ham bo‘lishi mumkin.

Arslon (23.07 – 22.08)

Siz bir nechta murakkab masalalarni hal qilishingiz, boshqalar uddalay olmagan ishlarni yolg‘iz o‘zingiz hal qilishingiz kerak bo‘ladi. Muvaffaqiyatga erishish oson bo‘lmaydi, ammo yo‘lingizda to‘siqlar paydo bo‘lsa, rejalaringizdan voz kechmaysiz. Ko‘plar ilgari qanday xatolarga yo‘l qo‘yganini tushunib, ularni tuzatishga harakat qiladi. Bunda yangi tanishlar yordam berishi ehtimoldan xoli emas. Umumiy ishlar uzoq muddatli do‘stlikning boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Parizod (23.08 – 23.09)

Bugun ijobiy tendensiyalarning ta’siri ustunlik qiladi va siz bundan albatta foydalanasiz. Sizning oldingizda yangi imkoniyatlar ochadigan omadli tasodiflar, qandaydir g‘ayrioddiy hodisalar bo‘lishi mumkin. Bu dadil tajribalar uchun qulay kun. Agar yaxshi g‘oyalar paydo bo‘lsa, ularni darhol amalga oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Tarozi (24.09 – 23.10)

Muhim ishlar va jiddiy masalalarni hal qilishda shoshilmagan ma’qul. Kunning boshlanishi buning uchun deyarli mos kelmaydi. Bu vaqtda omadsiz tasodiflar, qandaydir ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi mumkinki, ular kishini xafa qilishi ham, chalg‘itishi ham mumkin. Bundan tashqari, ba’zilar yaqinlari bilan chiqishishi qiyin bo‘ladi. Burj vakillari juda qaysar bo‘lishi, yon berishni istamasligi, boshqalarning g‘oyalariga haddan tashqari tanqidiy munosabatda bo‘lishi mumkin. Kelishmovchilik ehtimoli yuqori. Kompromissga erishish mumkin, ammo bu harakat talab qiladi.

Chayon (24.10 – 22.11)

Diqqatni jamlash odatdagidan ko‘ra qiyinroq bo‘ladi. Bu muhim ishlarni bajarish uchun eng yaxshi kun emas, ayniqsa, ular o‘ta ehtiyotkorlik va tafsilotlarga e’tibor berishni talab qilsa. Xatoga yo‘l qo‘yish, nimanidir e’tiborsiz qoldirish xavfi katta. Bundan tashqari, sizni odatdagidan ko‘ra ko‘proq chalg‘itishadi, shuning uchun boshlangan ishni oxirigacha yetkazish ayniqsa qiyin bo‘ladi.

Moliyaviy masalalarni hal qilishda ham ehtiyot bo‘lish kerak. Xarid qilishga shoshilmang, juda ko‘p pul tikmang. Bu kunda pulni o‘ylamasdan sarflagandan ko‘ra tejagan ma’qul va tasodifiy xaridlardan voz kechish kerak.

O‘qotar (23.11 – 21.12)

Kunning boshlanishi har bir narsada alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi: bu vaqtda yo‘l qo‘yilgan kichik xatolar ham noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Burjning ba’zi vakillari shoshilinch qarorlar qabul qilishga va asossiz tavakkal qilishga moyil bo‘ladi. Muhim ishga qo‘l urganlar boshlagan ishini iloji boricha tezroq oxiriga yetkazishga intilsa, nimanidir ko‘zdan qochirib qo‘yishi mumkin. Emotsional fonning keskinligi tufayli burjning ko‘plab vakillari odatdagidan ko‘ra asabiy va sabrsiz bo‘lib qoladi. Ular bilan hamma ham muomala qila olmaydi.

Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Bu eng oddiy kun emas, ayniqsa, jiddiy ishni rejalashtirganlar uchun. Ilgari yetarlicha tekis shakllangan munosabatlar yanada keskinlashadi va siz buni qanday tuzatish mumkinligini darhol tushunmaysiz.

Mayda qiyinchiliklarni ko‘nglingizga olmaslikka, biror narsa darhol bo‘lmasa, xavotirlanmaslikka harakat qiling. Ko‘p narsa sizning kayfiyatingizga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ishonchni yo‘qotmaslikka va kelajakka optimizm bilan qarashga harakat qiling.

Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Kunning boshlanishi ajoyib yangiliklar olib keladi. Ba’zilarga olingan xabarlar qiziqarli fikrlarga olib keladi, boshqalarga esa odatiy narsalarga yangicha qarashga yordam beradi. Ehtimol, rejalaringizni o‘zgartirib, ba’zi ishlarni qoldirib, boshqalarga e’tibor qaratishga qaror qilishingiz mumkin. Intuitsiyaga quloq soling, u to‘g‘ri javob beradi.

Kunning o‘rtasi avval boshlangan ishlarni yakunlash va eski rejalarga qaytish uchun qulay bo‘ladi. Qachonlardir uddalay olmagan ishingiz amalga oshishi va natija kutilganidan ham a’lo bo‘lishi ehtimoli katta. Bu vaqt eski tanishlar bilan suhbatlashish uchun ham mos keladi.

Baliq (19.02 – 20.03)

Kun ko‘plab muhim masalalarni muhokama qilish uchun mos keladi. Agar siz uzoq vaqt davomida yaqinlaringizga biror narsani aytishga yoki o‘z his-tuyg‘ularingizni sevgan odamingizga aytishga jur’at eta olmagan bo‘lsangiz, hozir buni qilishning ayni vaqti. Kerakli so‘zlarni topish oson bo‘ladi va sizni to‘g‘ri tushunadi. Yangi tanishlar bilan til topishish oson bo‘ladi. G‘ayrioddiy biznes takliflari, masalan, uzoq yillik sevimli mashg‘ulotingizni biznesga aylantirish bilan bog‘liq takliflar ham bo‘lishi mumkin.