Rossiyaliklar uchun O‘zbekistonga sayohat narxi 2 foizga arzonlashdi

eʼlon qilindi
Yanvar oyida
Turizm
Rossiyaliklar uchun O‘zbekistonga sayohat narxi 2 foizga arzonlashdi / Foto: Tourism Uzbekistan

2026-yilning yanvar oyida Rossiya fuqarolari uchun O‘zbekistonga turistik sayohat narxlari 2 foizga arzonlashdi. Bu haqda Rosstat ma’lumotlariga tayanib, TASS xabar berdi.

Shuningdek, rossiyalik turistlar uchun Belarusda dam olish narxlari 3,5 foizga, Qozog‘istonda esa 2 foizga arzonlashgan. Bir oy davomida rossiyaliklar uchun Vyetnam, Indoneziya va Malayziyaga sayohat narxlari 10,6 foizga oshgan. Misrga sayohat narxlari 4,1 foizga, BAA 3,8 foizga, Turkiyaga esa 1,3 foizga ko‘tarilgan.

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonga jami qariyb 1,4 mln nafar chet ellik turist tashrif buyurdi. O‘shanda eng ko‘p sayyohlar Rossiyadan tashrif buyurgan edi – 270 ming kishi.

2025-yilda O‘zbekistonga 11,7 mln nafar turist tashrif buyurgan. Shundan 984,4 ming nafari Rossiya fuqarolari bo‘lgan. Bu jami kelganlarning 8 foizdan ziyodini tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyaliklar hisobiga O‘zbekistondagi mehmonxonalarga talab 78 foizga oshgan edi.

Shuningdek