
2026-yil 16 – 19-iyun kunlari Toshkent shahrida beshinchi yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF – 2026) o‘tkaziladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
«TIIF – 2025» forumida 8 mingdan ortiq ishtirokchilar, jumladan, 97 davlatdan 3 ming nafar xorijiy mehmon, 450 nafar yuqori darajadagi delegatlar, shuningdek, 36 ta panel sessiya va 150 dan ortiq jahon darajasidagi spikerlar ishtirok etgan edi. 12 000 kv/m maydonda 100 ta mahalliy ishlab chiqaruvchining sanoat ko‘rgazmasi tashkil qilindi. 500 dan ortiq B2B va B2G uchrashuvlar o‘tkazildi. Forum yakunida $30,5 mlrdlik bitimlar imzolangan edi.

Shavkat Mirziyoyev bu yilgi forumning ham tantanali ochilish marosimi va Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu yilgi forumda yanada keng ko‘lamdagi mehmonlar va investorlar qatnashishi, tadbir dasturi boyitilishi, muzokara formatlari, sanoat kooperatsiyasi hamda yirik investitsiyaviy loyihalarga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yildan boshlab har yili «Yosh tadbirkorlar» chempionati o‘tkazilishi haqida xabar qilgan edik.