X Money xizmati, Epshteynning arab do’sti hamda «Malika»da soliqchilar— 14-fevral kungi yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kunning eng muhim xabarlari jamlandi
Toshkent viloyatida 40 trillion so‘mlik dasturlar amalga oshiriladi
14-fevral kungi yangiliklar dayjesti / Foto: YouTube
Epshteyn fayllarida suratlari tarqalgan dubaylik milliarder iste’foga chiqdi
Epshteyn fayllarida suratlari tarqalgan dubaylik milliarder iste’foga chiqdi / Foto: Ochiq manba

Epshteyn bilan suratlari tarqalgan arab milliarderi iste’foga chiqdi

DP World kompaniyasi rahbari Sulton Ahmad bin Sulayim iste’foga chiqdi. Qaror Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq hujjatlar e’lon qilinishi fonida yuz berdi, deya yozmoqda Reuters.

X Money
Ilon Mask X platformasida X Money moliyaviy xizmatini taqdim etdi / Foto: Inc Magazine

Ilon Mask X platformasida X Money moliyaviy xizmatini taqdim etdi

Ilon Mask X platformasida yangi moliyaviy xizmat – X Money’ni ishga tushirdi. Mazkur xizmat X foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoq ichida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Rossiyada Telegram qariyb 140 ming dollar jarimaga tortildi
Rossiyada Telegram qariyb 140 ming dollar jarimaga tortildi / Foto: Rambler

Rossiyada Telegram qariyb 140 ming dollar jarimaga tortildi

Moskvadagi Tagan tuman sudi Rossiyada taqiqlangan kontentlarni o‘chirish talablarini e’tiborsiz qoldirgani uchun Telegram’ga 10,8 mln rubl ($140 ming atrofida) jarima tayinladi.

Turizm
Rossiyaliklar uchun O‘zbekistonga sayohat narxi 2 foizga arzonlashdi / Foto: Tourism Uzbekistan

Rossiyaliklar uchun O‘zbekistonga sayohat narxi 2 foizga arzonlashdi

2026-yilning yanvar oyida Rossiya fuqarolari uchun O‘zbekistonga turistik sayohat narxlari 2 foizga arzonlashdi. Bu haqda Rosstat ma’lumotlariga tayanib, TASS xabar berdi.

OpenAI haddan tashqari iltifotga moyil GPT-4o modelini "pensiyaga chiqardi"
OpenAI haddan tashqari iltifotga moyil GPT-4o modelini «pensiyaga chiqardi» Foto: Getty Images

OpenAI haddan tashqari iltifotga moyil GPT-4o modelini «pensiyaga chiqardi»

OpenAI beshta eski ChatGPT modeliga, jumladan, foydalanuvchilarga hadda tashqari iltifot ko‘rsatuvchi GPT-4o modeliga kirishni to‘xtatadi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.

AQShda avtomobillardagi «start-stop» tizimi bekor qilinmoqda
AQShda avtomobillardagi «start-stop» tizimi bekor qilinmoqda / Foto: Sun’iy intellekt

AQShda avtomobillardagi «start-stop» tizimi bekor qilinmoqda

AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi avtomobillardagi «start-stop» tizimini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Motor1 nashri ma’lum qildi.

Prezident tanqid qilgan «Malika» savdo kompleksida soliq tekshiruvi o‘tkazildi
Prezident tanqid qilgan «Malika» savdo kompleksida soliq tekshiruvi o‘tkazildi / Foto: Soliq qo’mitasi

Prezident tanqid qilgan «Malika» bozorida soliq tekshiruvi o‘tkazildi

To‘lov intizomi buzilgani sababli prezident tanqidiga uchragan «Malika» savdo majmuasida soliq tekshiruvi o‘tkazildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

JAC RF8 miniveni va T9 pikapini ekstremal sovuqda sinovdan o‘tkazdi
JAC RF8 miniveni va T9 pikapini ekstremal sovuqda sinovdan o‘tkazdi / Foto: JAC

JAC RF8 miniveni va T9 pikapini ekstremal sovuqda sinovdan o‘tkazdi

Xitoyning JAC brendi Yakutiyada RF8 miniveni va T9 pikapini qishgi sharoitlarda sinovdan o‘tkazdi. Sinovlar mashinalarning moslashuvchanligini tekshirish maqsadida -43 °C gacha bo‘lgan haroratda o‘tkazildi.

Shuningdek