Avto

2026-yilda qaysi avtomobillar taqdim etiladi

Damas, Traverse, Captiva va Kia’ning yangi modellari chiqadi
2026-yilda qaysi avtomobillar taqdim etiladi
Foto: You Tube

O‘zbekistonda 2026-yilda avtomobillarning 5 ta yangi modeli taqdimot qilinadi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov prezidentga ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Damas, Traverse, Captiva va Kia’ning yangi modellari chiqadi. Jizzaxdagi BYD zavodida Yuan Up modelini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Allaqachon yangilangan Damas modeli tayyor. Yaqin kunlarda uning savdosi boshlanadi. Xorazm viloyatida avval berilgan topshiriq to‘liq bajarilgani qayd etildi. Mazkur loyiha asosida yangi modelni joriy yilning o‘zida chiqarish rejalashtirilgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/02/img_4795.mp4
Video: ijtimoiy tarmoq

Shuningdek, yangilangan Captiva va Traverse modellari ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, Kia brendining yangi avtomobillari ham bozorda paydo bo‘ladi. Ularning barchasi mamlakatda lokalizatsiya qilingan holda ishlab chiqariladi.

BYD zavodi bo‘yicha ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Xitoy tomoni bilan hamkorlik doirasida Yuan Plus modeli ishlab chiqarish masalasi ilgari surilmoqda. Бу loyiha mahalliy avtomobil sanoatining yangi bosqichga chiqishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yilning ilk oyida Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish hajmi 5,4 ming donani tashkil etgani haqida yozgan edi.