G‘azoda Isroil zarbalari oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Shimoliy G‘azodagi chodir lageriga berilgan zarba oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan
G‘azoda Isroil zarbalari oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Foto: Eyad BABA / AFP via Getty Images

G‘azoda yakshanba kuni ertalab amalga oshirilgan Isroil zarbalari oqibatida kamida 11 falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy fuqaro mudofaasi va sog‘liqni saqlash organlariga tayanib BBC ma’lum qildi.

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, shimoliy G‘azodagi chodir lageriga berilgan zarba oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan. Yana bir hujum janubiy hududda sodir bo‘lib, besh kishi qurbon bo‘lgan.

Isroil mudofaa kuchlari esa terror nishonlariga zarba berilganini bildirdi. Bayonotga ko‘ra, harbiylar Hamas tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish bitimi buzilgani uchun javob bergan. Ayrim jangarilar tunnel orqali Isroil nazoratidagi hududga chiqqani qayd etildi.

10-oktabr kuni kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan buyon Isroil va Hamas bir-birini deyarli har kuni bitimni buzishda ayblab kelmoqda. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, sulh davrida kamida 600 kishi halok bo‘lgan.

Oy boshida o‘tkazilgan aviazarbalar to‘lqinida kamida 32 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Isroil Tramp tashabbusi bilan Tinchlik Kengashiga qo‘shilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek