Nukusda 217 mln so‘mlik gaz o‘g‘irligi fosh etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 217 mln so‘mlik gaz o‘g‘irligi fosh etildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘tkazilgan tekshiruv davomida qonunbuzarlik aniqlandi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, «Hududgaz Qoraqalpog‘iston» GTF xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirok etdi.
«Qo‘shbuloq» MFYda yashovchi fuqaro U.B. xonadoni tekshirildi. Aniqlanishicha, iste’molchi hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq tortib, gazdan noqonuniy foydalangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. 217 mln 605 ming so‘mlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.
To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent viloyati va Andijonda yirik narkolabratoriya aniqlangani haqida yozgan edi.