Yangiliklar

Reuters: AQSh Eron bo‘yicha bir necha haftalik operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Yakuniy qaror AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qabul qilinadi
Reuters: AQSh Eron bo‘yicha bir necha haftalik operatsiyani ko‘rib chiqmoqda
Foto: Ochiq manba

AQSh harbiylari Eron hududida ehtimoliy operatsiya ssenariylarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, agar shunday qaror qabul qilinsa, operatsiya bir necha hafta davom etishi mumkin. Yakuniy qaror AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, Pentagon turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida uzoq davom etadigan harbiy kampaniya ham bor. Bunday ssenariy Vashington va Tehron o‘rtasidagi keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin.

Manbalar operatsiya boshlansa, javob zarbasi ehtimolini ham istisno etmayapti.

Avvalroq Tramp Eron bilan muzokaralar murakkab kechayotganini bildirgandi. U kelishuvga erishish kutilganidan qiyinroq bo‘layotganini aytgan.

Ehtimoliy harbiy tayyorgarlik haqidagi xabar AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik jarayonda vaziyatni keskinlashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQShda avtomobillardagi «start-stop» tizimi bekor qilingani haqida yozgan edi.