Gadjetlar

Xiaomi 18 iPhone 16 Pro modeliga o‘xshab ketadi — ilk render paydo bo‘ldi

Qurilmaning taqdimoti sentabr oyiga rejalashtirilgani aytilmoqda
Xiaomi 18 iPhone 16 Pro‘ga o‘xshab ketadi — ilk render paydo bo‘ldi Internetda taxminiy Xiaomi 18 modeli tasviri paydo bo‘ldi. Qurilmaning taqdimoti sentabr oyiga rejalashtirilgani aytilmoqda. Renderlarga ko‘ra, smartfon dizayni iPhone 16 Pro bilan juda o‘xshash. Ayniqsa, kamera blokining joylashuvi va shakli deyarli bir xil ko‘rinadi. Xiaomi’da modul kattaroq ekani aytilmoqda. Burchaklarning yumaloqligi ham Apple flagmaniga o‘xshab ketadi. Logo olib tashlansa, qurilmalarni ajratish qiyin bo‘lishi mumkin. Oldingi mish-mishlarga ko‘ra, Xiaomi 18 6,4 dyuymli OLED displey bilan jihozlanadi. Asosiy kamera 50 MP bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, 50 MP ultra keng burchakli sensor va 200 MP periskop telefoto kamera ham taklif etilishi mumkin. Qurilma yangi Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 6 platformasida ishlashi aytilmoqda. Biroq Pro versiya emas, oddiy variant qo‘llanadi. Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro esa Xiaomi 18 Pro va Pro Max modellari uchun ajratilishi mumkin. Hozircha kompaniya rasmiy ma’lumot bermagan. To‘liq tafsilotlar sentabr oyidagi taqdimotda ochiqlanishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi K90 Ultra qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.
Foto: Huawei central

Internetda taxminiy Xiaomi 18 modeli tasviri paydo bo‘ldi. Qurilmaning taqdimoti sentabr oyiga rejalashtirilgani aytilmoqda.

Renderlarga ko‘ra, smartfon dizayni iPhone 16 Pro bilan juda o‘xshash. Ayniqsa, kamera blokining joylashuvi va shakli deyarli bir xil ko‘rinadi. Xiaomi’da modul kattaroq ekani aytilmoqda.

Burchaklarning yumaloqligi ham Apple flagmaniga o‘xshab ketadi. Logo olib tashlansa, qurilmalarni ajratish qiyin bo‘lishi mumkin.

Foto: IT Tech Hero

Oldingi mish-mishlarga ko‘ra, Xiaomi 18 6,4 dyuymli OLED displey bilan jihozlanadi. Asosiy kamera 50 MP bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, 50 MP ultra keng burchakli sensor va 200 MP periskop telefoto kamera ham taklif etilishi mumkin.

Qurilma yangi Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 6 platformasida ishlashi aytilmoqda. Biroq Pro versiya emas, oddiy variant qo‘llanadi. Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro esa Xiaomi 18 Pro va Pro Max modellari uchun ajratilishi mumkin.

Hozircha kompaniya rasmiy ma’lumot bermagan. To‘liq tafsilotlar sentabr oyidagi taqdimotda ochiqlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi K90 Ultra qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.