100 nafar eksportchi tadbirkor chet elga o‘qishga yuboriladi — Jamshid Xodjayev

eʼlon qilindi
Xorijda savdo uyi ochganlarga xarajatlari qoplab beriladi
Tarvuz eksporti
Foto: Ko’kdala tumani hokimligi

Prezident topshirig‘iga asosan 100 nafar eksportchi tadbirkor Xitoy, Germaniya, Fransiya va Italiyaga tekinga o‘qishga yuboriladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev oziq-ovqat mahsulotlari eksportchilari bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

14-fevral kuni investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasining meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportchilari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida bir nechta takliflar berildi.

Xususan, Navoiy viloyatidan kelgan tadbirkor importyorlar import qilgan o‘simlik yog‘ining 50 foizini ichki bozordagi ishlab chiqaruvchilar olib, qadoqlab, eksport qilishini yo‘lga qo‘yish taklifini berdi. Hukumat vakillari ushbu taklifni oziq-ovqat xavfsizligi nuqtayi nazardan ham qayta ko‘rib chiqishni ma’qulladi.

Shuningdek, shakar narxi oxirgi 1 oyda 2500 so‘mga oshgani, ushbu mahsulot asosan Rossiyadan olinishi, shuningdek, Pokiston, Hindiston va Braziliya kabi muqobil davlatlar borligi ham aytilib, shakarga bojni olib tashlash so‘raldi.

Qolaversa, tadbirkorlar tomonidan Yevropa Ittifoqi va hamkor davlatlar o‘rtasidagi xalqaro transport dasturi bo‘lmish TRACECA doirasida yagona darcha tizim va ko‘p tomonlama ruxsatnomalar to‘liq joriy etilsa, qo‘shni davlatlar bilan transport xarajatlaridagi farq butunlay yo‘qolishi aytildi. Ularning aytishicha, O‘zbekiston ushbu tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga qaramay, hali TRACECA ruxsatnomasi tizimiga qo‘shilmagan. Hozirda ushbu tizimda atigi 7 davlat ishtiroki mavjudligi urg‘ulandi. Rasmiylarga ko‘ra, ayni paytda ushbu ruxsatnomaga respublikaning qo‘shilishi a’zo davlatlar o‘rtasida muhokama qilinyapti.

Ochiq muloqotda chet elda savdo uyi ochilsa, «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan eksport amaliyoti uchun qanday moliyaviy yordam hamda imkoniyatlar berilishi, ana shunday tashkilotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida so‘raldi. Rasmiylar chet elda savdo uyini ochgan, savdo omborlarini ijaraga olgan tadbirkorlar uchun bugungi kunda kompaniya tomonidan xarajatlarning 100 foizi ta’minlab berilishini aytdi. Ammo bu bo‘yicha limit mavjudligi ham eslatildi. Ya’ni, xarajatlar miqdorining to‘liq qoplanishi uchun bitta tadbirkorga 2000 kv.metr (shourum, ofis, omborxona) cheklov qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkorlarga qo‘yilgan 1,6 mingdan ortiq majburiy talablar bekor qilingandi.

Shuningdek, «Kursiv» 2026-yildan boshlab har yili yoshlarning eng yaxshi biznes va startap loyihalarini aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida «Yosh tadbirkorlar» chempionati o‘tkazilishini yozgandi.

Shuningdek