
17-fevral kuni O‘zbekiston hududida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 15-17° iliq | 10-12° iliq | Kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, tuman tushishi mumkin; kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 10-15° iliq (Ustyurtda 2° sovuq) | 0-5° iliq | Yog‘ingarchilik kutilmaydi; ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 12-17° iliq | 5-10° iliq | Kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda; ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 12-17° iliq | 7-12° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda; tuman tushishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 13-18° iliq | 7-12° iliq | Kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda; ba’zi joylarga tuman |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 12-17° iliq | 4-9° iliq | Kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda; ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin |
| Respublikaning tog‘li hududlari | 5-10° iliq | 2° sovuq – 3° iliq | Kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda; tuman tushishi mumkin; qor ko‘chishi va sel xavfi bor |