Yangiliklar

Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Armanistonning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Georgi Kocharyan
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Armanistonning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Georgi Kocharyandan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

«O‘zaro manfaatli hamkorligimizni yanada kengaytirish yo‘llarini muhokama qildik. Shubhasiz, katta salohiyatga ega ko‘plab yo‘nalishlar mavjud», — deydi Saidov elchi bilan uchrashuv haqida.

Foto: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

Shuningdek, Saidov elchiga mamlakatdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vazirini xalqaro mukofot bilan tabriklagandi. Joriy yilning 4-fevral kuni Abu-Dabi shahrida Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» xalqaro mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Shavkat Mirziyoyev marosim ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llab, mukofot bilan taqdirlangan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni tabrikladi.